Ukrainada harbiylarning xato va noo‘rin xatti-harakat uchun javobgarligi kuchaytirildi

Jahon 11:48 / 25.01.2023 8165

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiy xizmatchilarning jinoiy javobgarligini kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda ma’lumot 24 yanvar, seshanba kuni Oliy rada saytida e’lon qilindi.

Hujjat, xususan, intizomni buzganlik uchun qattiq jazo choralarini nazarda tutadi, shuningdek, bo‘yin egmaslik, buyruqni bajarmaslik, boshliqqa tahdid yoki zo‘ravonlik qilish, harbiy qism yoki jang maydonini o‘zboshimchalik bilan tark etish holatlari uchun sudlarga jazoni yengillashtirishni taqiqlaydi.

Qonun loyihasi ilgari tanqid qilingan. Shu tariqa, prezident saytida Volodimir Zelenskiyga hujjatga veto qo‘yish chaqirig‘i bo‘lgan elektron petitsiya ro‘yxatga olindi. Inson huquqlari faollari agar ushbu qonun qabul qilinadigan bo‘lsa, Ukraina qo‘mondonligi harbiylarga bosim o‘tkazish va o‘zi tomon qaratilgan har qanday tanqid uchun ularni qamoq bilan jazolash uchun misli ko‘rilmagan vakolatlarni olishi haqida ogohlantirdi.

Shu bilan birga, Oliy rada tomonidan dekabr oyi o‘rtalarida qabul qilingan qonun loyihasi Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. U ukrainalik dezertirlar o‘z qonunbuzarliklari uchun faqat jarimaga tortilishini adolatsizlik deb atab, armiyani faqat tartib-intizom ushlab turishini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: