Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada bedarak yo‘qolgan britaniyalik ko‘ngillilarning o‘limi tasdiqlandi
Britaniyaliklar Soledar shahridan keksa ayolni evakuatsiya qilishga urinayotganda halok bo‘lishdi: ularning mashinasiga artilleriya snaryadlari kelib tushdi. Avvalroq rossiyalik yollanma askarlar ko‘ngillilardan birining jasadi topilgani haqida xabar berishgan edi.

Foto: CHRIS PARRY/FAMILY OF ANDREW BAGSHAW
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi 24 yanvar, seshanba kuni Ukraina sharqida 6 yanvar kuni bedarak yo‘qolgan ikki britaniyalik ko‘ngilli - 28 yoshli Kris Perri va 48 yoshli Endryu Begshou halok bo‘lganini tasdiqladi. Ularni oxirgi marta Soledar hududida shahar uchun shiddatli janglar paytida ko‘rishgan.
Qurbonlar yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, erkaklar Soledar shahridan keksa ayolni evakuatsiya qilmoqchi bo‘lganida halok bo‘lgan: ularning mashinasiga artilleriya snaryadlari kelib tushgan.
Avvalroq, 11 yanvar kuni "Vagner" XHK rahbari Yevgeniy Prigojin ko‘ngillilardan birining jasadi topilgani haqida ma’lum qilgandi. U o‘zining Telegram-kanalida ikkala britaniyalikka tegishli hujjatlar suratlarini e’lon qildi, biroq ikki erkakdan qaysi biri haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.
Kris Perrining qarindoshlari o‘z bayonotida u dasturchi bo‘lib ishlagani, toqqa chiqishni, velosportni, yugurishni va parashyutdan sakrashni yaxshi ko‘rganini va dunyo bo‘ylab sayohat qilishni xohlaganini aytishgan. Mart oyida, «Rossiya bosqini boshlanganidan beri eng qorong‘i vaqtda» u «eng muhtoj bo‘lganlarga» yordam berish uchun Ukrainaga safar qildi va «400 dan ortiq inson hayotini va ko‘plab hayvonlarni» saqlab qoldi.
Vafot etgan yana bir ko‘ngilli Endryu Begshou ilmiy tadqiqotchi edi. U Yangi Zelandiyada yashagan va aprel oyida Ukrainaga kelgan. «Endryu fidokorona o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ydi va ko‘p odamlarni qutqardi; biz uni yaxshi ko‘ramiz va qilgan ishi bilan juda faxrlanamiz», dedi uning oilasi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

22:37 / 13.07.2025
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi

16:42 / 13.07.2025
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?

12:59 / 13.07.2025
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda

23:38 / 12.07.2025