Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda IHT sammiti o‘tkaziladi
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti a’zolari rahbarlari noyabr oyida O‘zbekiston poytaxtida yig‘iladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi.
Bosh kotib davlat rahbarini O‘zbekistonning Tashkilotga muvaffaqiyatli raisligi bilan tabrikladi. Savdo, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda ilgari surilgan muhim tashabbuslar va o‘tkazilgan tadbirlar IHT doirasidagi amaliy hamkorlikka kuchli sur’at bag‘ishlagani ta’kidlandi.
Uchrashuvda mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Keyingi yillarda O‘zbekistonning Tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi 70 foizga o‘sgani, qo‘shma korxona va loyihalar soni esa 5 barobarga ko‘paygani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tashkilotning navbatdagi sammitini 2023 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazishga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rilayotgani, kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Xusrav Noziriy Tashkilot kotibiyati IHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida yaqindan birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) 1985 yilda tashkil qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtda unga 10 davlat a’zo hisoblanadi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Ozarboyjon, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Pokiston va Turkiya. IHT sammiti har 2 yilda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025