«Oskar-2023» mukofotiga nomzod filmlar ro‘yxati e’lon qilindi

Jahon 20:51 / 24.01.2023 26771

AQSh Kino san’ati va fanlari akademiyasi «Oskar» mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. Mukofotlash 23 nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi, jumladan: 

Eng yaxshi film:

  • «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»;
  • «Avatar: suv yo‘li»;
  • «Inisherin Banshisi»;
  • «Elvis»;
  • «Hamma narsa hamma joyda va bir vaqtning o‘zida»;
  • «Fabelmanlar»;
  • «Tar»;
  • «Top Gan 2: Maverisk»;
  • «G‘am uchburchagi»;
  • «Ayollar g‘iybati». 

Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film:

  • «Nafas olayotgan hamma narsa»;
  • «Barcha go‘zallik va qon to‘kilishi»;
  • «Sevgi vulqoni»;
  • «Qirindi uyi»;
  • «Navalniy». 

Eng yaxshi rejissyor:

  • Todd Fild, «Tar»;
  • Ruben Estlund, «G‘am uchburchagi»;
  • Martin MakDona, «Inisherin Banshisi»;
  • Den Kvan, Deniyel Shaynert, «Hamma narsa hamma joyda va bir vaqtning o‘zida»;
  • Stiven Spilberg, «Fabelmanlar». 

Eng yaxshi aktrisa:

  • Keyt Blanshett, «Tar»;
  • Ana de Armas, «Malla ayol»;
  • Andrea Rayzboro, «Lesli uchun»;
  • Mishel Uilyams, «Fabelmanlar»; 
  • Mishel Yyeo, «Hamma narsa hamma joyda va bir vaqtning o‘zida»; 

Eng yaxshi aktyor:

  • Ostin Batler, «Elvis»;
  • Kolin Farrell, «Inisherin Banshisi»;
  • Brendan Freyzer, «Kit»;
  • Pol Meskal, «Quyoshim mening»;
  • Bill Nayi, «Yashamoq».

«Oskar» mukofotini topshirish marosimi 12 mart kuni Los-Anjyelesdagi Dolby teatrida bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘proq yangiliklar: