Havo transportida bir oyda xalqaro reyslar narxi 15 foizga oshdi
Havo transportida bir oyda mahalliy reyslar 4 foizga, xalqaro reyslar 15,1 foizga oshgan

Foto: Kun.uz
2022 yilning dekabr oyida O‘zbekistonda havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari noyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 11,3 foizga oshgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari 2021 yilning dekabr oyiga nisbatan o‘rtacha 6,4 foizga arzonlashgan.
2022 yilning dekabr oyida o‘tgan oyga nisbatan havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari o‘rtacha 4 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
Havo transportida dekabr oyida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari 15,1 foizga oshgan.
Mavzuga oid

13:17 / 10.03.2025
O‘zbekistonda yo‘l belgilarini qo‘llashda Belarus tajribasi tatbiq etilishi mumkin

12:40 / 04.03.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy transport xizmati yo‘lga qo‘yiladi

10:36 / 03.02.2025
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi 80 ming dollar bilan ushlandi

12:15 / 02.02.2025