Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident energetika vaziri o‘rinbosarini ishdan oldi, boshqa mas’ullarga sinov muddati berildi
«Hududiy elektr tarmoqlari», «O‘ztransgaz» va «O‘zbekneftgaz» rahbarlari ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda prezident respublikaning qolgan hududlarida ham ahvol yomonligini tanqid qildi.
«Bugungi kunda barcha darajadagi rahbarlarning eng katta vazifasi – elektr va gaz tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlab berish. Lekin tegishli sohalar mutasaddilari buni uddalay olmayapti», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev lavozimidan ozod etildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Ulug‘bek Mustafoyev, «O‘ztransgaz» rahbari Behzod Normatov va «O‘zbekneftgaz» rahbari Mehriddin Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ raisi Farhod Abdurahmonov lavozimidan ozod etilgan.
«Agar tarmoq korxonalarining ayrim moliyaviy masalalari vaqtida yechib berilganda, daromadlarining bir qismi investitsiya qilinib, tarmoqlarni yangilashga yo‘naltirganda vaziyat bunchalik og‘ir bo‘lmas edi», deb ta’kidlandi yig‘ilishda.
Bu masalada ham mas’ullar e’tiborsizlik qilgani tanqid qilindi.
Endi butunlay boshqacha tizim bo‘lishi – strategik korxonalar Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazilishi belgilandi.
Zangiota, Toshkent, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Uchqo‘rg‘on, Koson, Karmana, Qamashi, Shofirkon, Xo‘jayli, Denov, Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Farg‘ona, Paxtabod, Hazorasp tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Guliston, Chirchiq shaharlari hokimlari mas’uliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan hech qanday xulosa chiqarmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga «hayfsan» berildi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NATO Kiyevga qurollar yetkazishni muvofiqlashtirishni boshladi
Jahon | 11:25
-
🔴 LIVE: Putinning zaif nuqtasi qayerda?
Jahon | 11:22
-
Sudyalar oliy kengashida “rekord”: rais vakolat muddati tugashi arafasida 100 dan ortiq tayinlovni amalga oshirdi
O‘zbekiston | 11:20
-
M-39 yo‘lining ayrim uchastkalarida harakat tezligi 130 kmgacha oshirilishi mumkin
Jamiyat | 11:11
Mavzuga oid

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025
O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi

21:33 / 24.03.2025