10 yanvarga o‘tar kechasi yog‘a boshlagan qor tongga borib Samarqand shahrini oppoq rangga burkadi. Tushgacha havo harorati + bo‘lib turgani bois yo‘llardagi qorlar eriy boshladi. Kechga borib esa havo harorati pasayib – 5 darajagacha yetdi.
Shaharda jamoat transporti harakati davom etmoqda. Kommunal masalada ham hozircha muammo ko‘zga tashlangani yo‘q. 10 yanvar ertalabdan shahardagi piyodalar yo‘lakchalari obodonlashtirish xodimlari tomonidan tozalab chiqildi. Kun.uz muxbiri shahar ko‘chalaridan reportaj tayyorladi.
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.