Britaniyadan uchirilgan Virgin Orbit raketasi orbitaga chiqa olmadi
Virgin Orbit Buyuk Britaniya hududidan birinchi kosmik kemani uchirdi.

Foto: Virgin Orbit / AP
Amerikaning Virgin Orbit kompaniyasi tomonidan 10 yanvar, seshanbaga o‘tar kechasi uchirilgan LauncherOne raketasi «anomaliya» tufayli Yer orbitasiga chiqa olmadi, deb xabar berdi matbuot xizmati. Bu Virgin Orbit kompaniyasining Buyuk Britaniya hududidan orbitaga birinchi kosmik kema uchirilishi edi.
9 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqarishi kerak bo‘lgan raketa-tashuvchi Cosmic Girl nomli o‘zgartirilgan Boeing-747 samolyoti bortida bo‘lgan. Samolyot 9 yanvar kuni kechki payt Angliya janubi-g‘arbidagi Nyuki aeroportidan uchgan.
Samolyot havoga ko‘tarilganidan bir yarim soat o‘tgach, Atlantika okeanidan 10,7 km balandlikda bo‘lganida, raketa uchirdi. Biroq Start Me Up deb nomlangan missiyani muvaffaqiyatli bajarishning imkoni bo‘lmadi. Raketa birinchi bosqich dvigatelini ishga tushirdi va past Yer orbitasiga ko‘tarila boshladi, lekin uni yakunlay olmadi.
Shu bilan birga, Boeing-747 Kornuollga eson-omon qo‘ndi. Ma’lum qilinishicha, LauncherOne raketasi orbitaga olib chiqishi kerak bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlardan ham fuqarolik, ham harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin.
Britaniyalik milliarder Richard Brensonning Kaliforniyada joylashgan Virgin Orbit kompaniyasi 2021 yildan buyon AQSh hududidan Tinch okeani uzra to‘rtta shunga o‘xshash raketa uchirilishini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Nyuki aeroporti Buyuk Britaniya rivojlantirmoqchi bo‘lgan yettita kosmoportlardan biridir. 2023 yil davomida Shotlandiyada birinchi vertikal raketa uchirilishi kutilmoqda. Birlashgan qirollik hukumati kelgusi 10 yil ichida Buyuk Britaniyaning kosmik sanoati bozori 3,8 milliard funt sterlingga (4,3 milliard yevro) yetishini kutmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14
-
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:57
-
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 22:49
Mavzuga oid

11:08 / 30.06.2025
Xitoy elektr tamoqlarini ishdan chiqaradigan raketaning «yangi turi»ni namoyish etdi

21:25 / 10.06.2025
Xitoyda raketa yordamida tovarlarni yetkazib berish texnologiyasi sinovdan o‘tkazildi

15:00 / 05.06.2025
Ispaniya Isroil bilan raketalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomani to‘xtatdi

17:11 / 04.06.2025