Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonovga aloqador kompaniya «Kapitalbank»ning 50 foiz ulushini sotib oldi
«Finance TCI» MChJ «Kapitalbank» ATBning majoritar aksiyadoriga aylandi. Alisher Usmonovga bilvosita aloqador kompaniyalar «Kapitalbank»dagi ulushlarga egalik qilib kelmoqda.

Foto: Kapitalbank
«Finance TCI» MChJ «Kapitalbank»ning nazorat paketini qo‘lga kiritdi. Bu haqda bank tomonidan Yagona korporativ axborot portalida ma’lumot qoldirilgan.
«Finance TCI» 2022 yilning 28 dekabrida bank ustav kapitalining 50 foizini tashkil qiluvchi 214,4 mln dona oddiy aksiyasini sotib olgan. Bitim 786,89 mlrd so‘mga imzolangan va bir dona aksiyaning narxi 3670 so‘mdan hisoblangan.
Bankers.uzʼning e’tibor qaratishicha, ushbu miqdordagi aksiyalar Rossiyaning «Telecominvest» shirkatiga tegishli. Bitim natijasida rus shirkati bank aksiyadorlari safidan chiqqan bo‘lishi mumkin. Hozirda «Finance TCI» bankning 61,54 foiz aksiyalarini nazorat qilmoqda.
«Finance TCI» haqida
«Finance TCI» MChJ 2019 yilda tashkil etilgan, ustav fondi 172,8 mlrd so‘m. Unga Djuzum CPV egalik qiladi. Rahbari – Afzalov Timur Ravilevich.
Kompaniya ayni vaqtda «Djuzum CPV» LTD, «Uzum», «Uzum Market», «Uzum Technologies», shuningdek, «One Factor» va «Fast Delivery Technologies» kompaniyalariga ham egalik qiladi.
Bungacha «Finance TCI» Alisher Usmonovga qarashli «Telecominvest» MChJning shu’ba korxonasi hisoblanishi haqida yozgan edik. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Usmonovning «USM» holdingi ikki top-menejyerlari Lupichyova Irina Vladimirovna va Dobrodeyev Boris Olegovichlar 14.03.2022 yil holatiga ko‘ra «Finance TCI» MChJning teng sherikli aksiyadorlari hisoblanadi.
Agar «Finance TCI» «Telecominvest»ga qarashli aksiyalarni sotib olgan bo‘lsa, bu Usmonovning «Kapitalbank»dagi ulushini bir qo‘ldan ikkinchi qo‘liga o‘tkazganini anglatadi.
2023 yil 2 yanvar holatiga ko‘ra, bankning ta’sischilari ro‘yxati quyidagicha bo‘lgan:
- «Telecominvest» MChJ – 50,00 foiz;
- «Continent Insurance» MChJ – 13,40 foiz;
- «Finance TCI» MChJ – 11,50 foiz;
- Abdusamadov M.A. – 6,70 foiz;
- Boshqa aksiyadorlar – 18,40 foiz.
Kapitalbank ulushdorlarining o‘zgarishi – xronologiya
- 2021 yilning 4 noyabrida tadbirkor Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning qariyb 112,5 mln dona aksiyalarini sotib oldi. Shu bilan u bank umumiy aksiyalarining 50 foiziga egalik qila boshladi;
- shu oy oxirida «Kapitalbank» ATB 215,3 mlrd so‘mlik aksiyalari qo‘shimcha emissiyasini joylashtirdi. Bankning ushbu aksiyalarini Alisher Usmonovning «USM» holding kompaniyasi shu’ba korxonasi — «Telecominvest» MChJ xarid qildi;
- 2022 yilning yanvar oyi boshida Alisher Usmonovga aloqador kompaniyaning «Kapitalbank»dagi ulushi 25 foizga yetdi. «Telecominvest» kompaniyasi «Kapitalbank»ning 8,33 foiz aksiyalarini sotib oldi;
- yanvarning oxirgi 10 kunligida Oybek Tursunov «Kapitalbank» affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi. Bu paytda Alisher Usmonov bankdagi ulushini yana oshirdi. Tursunovning affillanganlar ro‘yxatidagi o‘rni Rossiya kompaniyalari – «Telecominvest» MChJ va «Corus» AJ tomonidan to‘ldirildi. «Corus» kompaniyasi «Kapitalbank»ning affillangan shaxslari ro‘yxatiga 2022 yil 12 yanvardan boshlab qo‘shilgan. «Corus» ham Alisher Usmonovga qarashli «Telecominvest»ga affillangan;
- 2022 yil 9 fevralda Usmonovga aloqador kompaniya «Kapitalbank»dagi ulushini yana oshirdi. Unga qarashli «Finance TCI» MChJ «Kapitalbank»ning 3,81 foiz aksiyasini sotib oldi. Shu bilan Alisher Usmonovga qarashli kompaniyalar ulushi jami 61,54 foizga yetgandi;
- 2022 yil mart oyida Alisher Usmonovga tegishli holding nazorat qiluvchi «Kapitalbank» aksiyalari sotildi. «USM» holding «Kapitalbank» ATB (O‘zbekiston) aksiyalarining 61,54 foiziga birgalikda egalik qiluvchi «Telecominvest» MChJ (RF) va «Finance TCI» MChJ (O‘zbekiston) ustav kapitalidagi 100 foiz ulushi sotildi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin

22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

19:54 / 08.02.2025