«Yevropada barcha sovrinlarni yutdim, Osiyo men uchun yangi chaqiruv va bu faoliyatim yakuni emas». «An-Nasr» Ronalduning taqdimotini o‘tkazdi
Taqdimot marosimidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ronaldu Saudiya Arabistoni JCh-2022da Argentinani mag‘lub etgan yagona jamoa bo‘lganiga urg‘u berib, futbol o‘zgarayotganini ta’kidladi. U «An-Nasr» faoliyatidagi so‘nggi klub emasligi, unga yana 4ta taklif bo‘lganini ma’lum qildi. Maydonga tushishdan avval esa yangi jamoadoshlari, jumladan Jaloliddin Masharipov bilan ham ko‘rishdi.

Foto: Getty Images
«Barchangizni bu yerda ko‘rib turganimdan xursandman. Meni Saudiya Arabistonida ajoyib tarzda kutib olishdi. «An-Nasr» - men uchun yangi chaqiruv. Bu qarorni qabul qilganimdan xursandman. Meni yangi sarguzashtlar kutmoqda. Bu klubga o‘tish qarori hayotimdagi eng muhimlaridan biri bo‘ldi.
Yevropada ko‘p narsaga erishdim. Ochig‘ini aytsam, qaysi klubga o‘tishim borasida hammaning ham fikri menga unchalik qiziq emas. Yevropadagi faoliyatim davomida katta klublarda to‘p surdim va barcha sovrinlarni yutdim. Bu yerga kelganimdan baxtliman. Saudiya Arabistoni chempionati yetarlicha kuchli va raqobatbardosh turnir. Bosh murabbiy lozim topsa, «An-Nasr» safida ertagayoq maydonga tushishga tayyorman.
Hech kim bilmaydi ammo, men aytishim mumkin: oldimda Yevropaning bir qator klublaridan, Braziliya, Avstraliya, AQSh va hattoki Portugaliyaning o‘zidan bir nechta klub meni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qildi, ammo men «An-Nasr»ga so‘z berib bo‘lgandim. Saudiya Arabistonida faqat futbol emas, boshqa sohalarning ham rivojiga hissa qo‘shmoqchiman.
Klub bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan bo‘lsam-da, «An-Nasr»ga o‘tish – men uchun faoliyatimning yakuni emas. Men shunday qarorni qabul qildim va bu yerda katta o‘zgarishlar qila olishimga ishonaman va buning mas’uliyati katta ekanini yaxshi anglab turibman», - deydi Krishtianu matbuot anjumanida.
Jurnalistlar bilan uchrashuvdan keyin Ronaldu «An-Nasr» klubi futbolchilari bilan birma-bir ko‘rishdi. Xususan, o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov bilan ham qo‘l bilan ko‘rishdi.
Shundan so‘ng «An-Nasr» klubining uy stadioni «Mrsol Park»da Krishtianu Ronalduning taqdimot marosimi o‘tkazildi. O‘yingohga 30 mingdan ortiq tomoshabin yig‘ildi.
37 yoshli portugaliyalik yulduz muxlislar hayqirig‘i ostida maydonga tushib, yosh o‘yinchilar bilan suratga tushdi, tomoshabinlarga imzosi qo‘yilgan to‘plarni ulashdi. Taqdimot yakunida esa oila a’zolarini ham stadionga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Ar-Riyod klubi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, klubda yillik 200 million yevrodan ko‘proq haq olishi xabar qilingan. Portugaliyalik yulduz «An-Nasr»da Jaloliddin Masharipovga tegishli bo‘lgan 7-raqamni tanlagan. O‘zbek futbolchisi esa 77-raqamni tanladi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Maskning yangi partiya yaratish g‘oyasini «kulgili» deb atadi
Jahon | 10:26
-
AQSh HAMASni G‘azodagi gumanitar yordam tarqatish punktiga hujumda aybladi
Jahon | 10:03
-
Hindiston O‘zbekiston bilan investitsiya hajmini oshirishni rejalashtirmoqda
Iqtisodiyot | 09:40
-
Isroil armiyasi G‘azoning qator hududlariga zarba berdi: 41 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 09:20
Mavzuga oid

19:05 / 26.06.2025
Ronaldu Saudiya Arabistonida qoldi

09:36 / 05.06.2025
40 yoshli Ronaldu Portugaliyani Millatlar ligasi finaliga olib chiqdi

15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi

14:09 / 24.03.2025