O‘zbekistonliklar dam olish uchun eng ko‘p safar qilgan davlat ma’lum qilindi
2022 yilning oktabr oyida 55,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari dam olish va hordiq chiqarish uchun xorijga chiqqan.

Foto: Kun.uz
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar dam olish va hordiq chiqarish uchun oktabr oyida eng ko‘p safar qilgan davlatlar orasida Turkiya birinchi o‘rinni egallab turibdi – 19,2 ming kishi.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 10,9 ming kishi hamda 3,3 ming kishi dam olish va hordiq chiqarish uchun borgan BAA va Saudiya Arabistoni joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Kuvayt – 2,6 ming kishi;
- Misr – 2,2 ming kishi;
- Janubiy Koreya – 1,4 ming kishi;
- AQSh – 0,8 ming kishi;
- Germaniya – 0,6 ming kishi;
- Hindiston – 0,5 ming kishi;
- Buyuk Britaniya – 0,3 ming kishi.
Mavzuga oid

13:48 / 10.03.2025
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi

19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?

16:59 / 06.03.2025