Transfer xabarlari: «MYu» Gakponi safiga chaqirmoqda

Sport 13:26 / 25.12.2022 30688

«MYu» Gakpo bo‘yicha rasman taklif yubordi

«Manchester Yunayted» «PSV»ga Kodi Gakpo transferi bo‘yicha rasman taklif jo‘natdi. Daily Mirror nashri xabar berishicha, ingliz klubi rahbarlari niderland klubining moliyaviy muammolaridan xabardor va bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Avvalroq, «PSV» ushbu futbolchisini kamida 75 million yevroga sotmoqchi ekani xabar qilingandi.

Qatardagi jahon chempionatida ushbu niderlandiyalik forvard 5 o‘yinda uch gol urdi. 23 yoshli hujumchi joriy mavsumda «PSV» safida barcha turnirlar doirasida 24 uchrashuvda maydonga tushib, 13 gol urgan va 17 golga uzatma bergan. Transfermarkt Gakponing transferini 60 million yevroga baholaydi.

Suares Saudiya Arabistoniga kelmaydi

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi Luis Suares Saudiya Arabistonining «Al-Halij» klubidan taklif olgan, bu klub urugvaylik tajribali futbolchi bilan 18 oylik shartnoma imzolashga tayyor bo‘lgan.

Ammo futbolchi faoliyatini Osiyoda davom ettirish variantiga rozilik bermagan. Xabar qilishlaricha, u erkin agent sifatida Braziliyaning «Gremio» klubi bilan ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. 

Luis Suares 2022 yilgi mavsumning ikkinchi qismini Urugvayning «Nasional» klubida o‘tkazgan edi. Avvalroq, unga Angliyaning «Aston Villa» va AQShning «Inter Mayami» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Datro «Chelsi»ga o‘tadi

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» «Molde» klubining ivuarlik hujumchisi David Datro Fofana transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Norvegiya chempionatida to‘p surayotgan 19 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga uchib borgan, u endi London klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Transfermarkt uning transferini yetti million yevroga baholagan. Joriy mavsumda ushbu futbolchi  «Molde» safida barcha turnirlar doirasida 37 o‘yinda maydonga tushib, 21 gol urgan va 7 golli uzatma muallifi bo‘lgan.

«Korintians» Albertoni sotib olmoqchi

Jurnalist Xorxe Nikolaning xabar berishicha, «Korintians» «Zenit»dan hujumchi Yuri Albertoning transfer huquqini sotib olmoqchi, u ayni vaqtda ijara asosida brazil klubi safida o‘ynamoqda. Piter klubi futbolchi transferini 25 million yevroga baholamoqda.

«Korintians» esa «Zenit»ga Alberto evaziga ikki futbolchisini berish variantini ko‘rib chiqmoqda. Gap himoyachi Roberto Renan va yarimhimoyachi de Keyrush haqida ketmoqda. Transfermarkt 19-letnego Renanni ikki million yevroga, 22 yoshli de Keyrushni — besh million yevroga baholagan.

Barrios faoliyatini tiklaydi

«Spartak»ning sobiq forvardi, shu yil sentabr oyida faoliyatini yakunlagan Lukas Barrios futbolchilikka qaytishga qaror qildi. El Tribuno de Jujuy nashri xabariga ko‘ra, 38 yoshli paragvaylik Argentina chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Ximnasiya» klubi bilan kelishuvga erishgan.

Ushbu tajribali futbolchi o‘zining eng yaxshi davrlarini Dortmundning «Borussiya» klubida o‘tkazgan (2009-2012), 2015 yilda «Spartak»ni tark etgach, Janubiy Amerikaning 10 ga yaqin jamoalarida, jumladan «Palmeyras» va «Gremio» klublarida ham o‘ynagan. Paragvay terma jamoasi safida 2010-2017 yillar mobaynida 36 o‘yinda maydonga tushgan.

Giakumakis «Lokomotiv»ga o‘tishdan bosh tortdi

Sport24.gr nashri ma’lumotiga ko‘ra, Moskvaning «Lokomotiv» klubi tarkibini «Seltik» hujumchisi Georgios Giakumakis bilan kuchaytirishni reja qilgan. Ammo 28 yoshli grek Rossiyaga kelishni istamadi.

Forvardning shotland klubi bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt futbolchining transferini besh million yevroga baholagan. Giakumakis Gretsiya terma jamoasida 11 o‘yin o‘tkazgan.

Ko‘proq yangiliklar: