Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni Germaniyaga ishga taklif qilmoqda

Jamiyat 17:00 / 23.12.2022 17388

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish maqsadida rivojlangan davlatlarning vakolatli davlat tashkilotlari va salohiyatli ish beruvchilari bilan doimiy muzokaralar olib borilmoqda. 

Jumladan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveytsariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” va Germaniyaning "Novo Agency" tashkilotlari bilan fuqarolarni 10 oylik dastur asosida tayyorlab, Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlariga tibbiyot sohasida vaqtincha mehnat faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha ikkita loyiha, “Duvenbeck” tashkiloti bilan avtotrak haydovchilarini kasbga o‘qitish va ishga yuborish, “Consalting.uz” tashkiloti bilan “Europa park” istirohat bog‘iga ishga jo‘natish, “GfM Gruppe” tashkiloti bilan qariyalarni parvarishlash, “SPA GmbH” kompaniyasi bilan Germaniyada dual tizimi asosida kasb-hunarga o‘qitish va tibbiyot, qariyalarni parvarish qilish, metall konstruksiyalari hamda boshqa texnik sohalarda ishga joylashtirish va "Context GmbH" tashkiloti bilan nonvoy va qassobchilik sohalarida fuqarolarni ishga jo‘natish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joiz, ushbu loyihalar doirasida joriy yilda 60 dan ortiq yurtdoshimiz Germaniyaga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining turli yo‘nalishlarida yuqori maoshli ishlarga jo‘natilgan.

Germaniyada mazkur sohalarda ishlish istagida bo‘lgan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishi mumkin.

Murojaat uchun:

+998712023355

1282

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi 1-uy.

Mo‘ljal: Beruniy metrosi.

Ko‘proq yangiliklar: