Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Prank» video uchun shifokorlarni aldab sog‘lom qo‘lini gips qildirgan o‘smir uzr so‘rab chiqdi
Xorazmlik o‘smir «prank» video olish uchun sog‘lom qo‘lini singan deb ko‘rsatib Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasiga borgan. Shifokorlar uning sinmagan qo‘lini gips qilib qo‘yishgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Xorazm viloyatida o‘smir yigit «prank» video qilish uchun Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasiga borgani ko‘rsatilgan. Video boshida o‘smir qo‘li sog‘lom, yaxshi ishlab turganini ko‘rsatib, keyin tibbiyot birlashmasiga borgan. Shifokorlar uning sinmagan qo‘lini tekshirib ko‘rib, gips qilib qo‘yishgan.
Videoga izoh yozuvchilarning aksari o‘smir xato ish qilganini aytib, unga salbiy munosabat bildirishgan.
«...sen amallab maktabingni bitir, o‘ynashga boshqa odam qolmadimi?» «...bu bilan shifokorlarning nomi yomonga chiqadi», deb yozib qoldirishgan.
Ayrim foydalanuvchilar bu video shifokorlar orasida e’tiborsiz va bilimsizlari ham borligini ko‘rsatib bergan desa, yana biri «ayrim hollarda rentgenda ko‘rinmagan kichik sinishlar sabab ham har ehtimolga qarshi qo‘l gipsda turgani ma’qul», deyishgan.
Holatga oydinlik kiritish maqsadida Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati bilan bog‘landik. Lekin bolaning qo‘li gips qilinishidan oldin rentgen qilingan yoki yo‘qligiga izoh berilmadi.
Hokimlik matbuot xizmati izohga qo‘shib, «prank» olgan o‘smirning qilgan ishidan pushaymon ekani va bu holat qaytib takrorlanmasligi haqida chiqargan videosini taqdim qildi.
“O‘sha paytda rostdan ham qo‘lim og‘rib turgan edi. Videoda yolg‘ondan piar qilish uchun aytdim”, – degan o‘smir videoda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda
O‘zbekiston | 16:59
-
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi
Jahon | 16:54
-
Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi
O‘zbekiston | 16:47
-
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi
O‘zbekiston | 16:44
Mavzuga oid

19:00 / 04.07.2025
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

09:55 / 20.06.2025
8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

07:53 / 30.05.2025