Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston «mojarolar faqat halokatli oqibatlarga olib keladi», degan fikrda qat’iy» – tashqi ishlar vaziri
O‘zbekiston mojarolar va qarama-qarshiliklar faqat halokatli oqibatlarga va g‘oliblar bo‘lmaydigan vaziyatlarga olib keladi, degan fikrga qat’iy amal qiladi, deya ta’kidladi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov xorijiy diplomatlar bilan uchrashuvda.

Foto: TIV axborot xizmati
18 dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida «Yangi O‘zbekiston: o‘zgaruvchan va o‘zaro mushtarak dunyoda ishonchli hamkor» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Vladimir Norov uchrashuvda «Markaziy Osiyo+» formatidagi muloqotni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratgan.
«Markaziy Osiyo+» formati mintaqaviy muvozanatni mustahkamlash va saqlashga xizmat qilgan holda turli kelishmovchiliklarga aralashmasdan, vazmin va mustaqil siyosat olib borishga sodiqligimizdan dalolat beradi», deya Norovning so‘zlarini keltirmoqda TIV matbuot xizmati.
Shuningdek, O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari bugungi kunda pragmatik va konstruktiv diplomatiya g‘oyat muhimligi haqida gapirgan.
«O‘zbekiston mojarolar va qarama-qarshiliklar faqat halokatli oqibatlarga va g‘oliblar bo‘lmaydigan vaziyatlarga olib keladi, degan fikrga qat’iy amal qiladi. Oqilona murosaga asoslangan diplomatiyagina barcha tomonlarning manfaatlariga teng va ziddiyatsiz javob beradi», – dedi Vladimir Norov chet ellik diplomatlar bilan uchrashuvda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

15:27 / 21.06.2023
Vladimir Norov pensiyaga chiqdi

20:49 / 10.01.2023
Vladimir Norovning yangi ish joyi ma’lum qilindi

13:46 / 30.12.2022
Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi

15:10 / 27.12.2022