Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat nazorati asoslari to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi
“Davlat nazorati asoslari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Qonun loyihasi 6 bob va 63 moddadan iborat bo‘lib, quyidagi tartibda bayon etilgan:
- birinchi bobda qonun loyihasi maqsadi, asosiy tushunchalari (davlat nazorati, nazorat qiluvchi organlar, nazorat qilinuvchi shaxslar, nazorat tadbiri, majburiy talablar), davlat nazorati asosiy vazifalari va tamoyillari, davlat nazorati obektlari va sub’yektlari, davlat nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar hamda davlat nazorati turlari to‘g‘risidagi qoidalar aks ettirilgan;
- ikkinchi bobda nazorat qiluvchi organlar (Oliy Majlis, Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, Markaziy bank, prokuratura organlari, nazorat funksiyalariga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari) vakolatlariga oid qoidalar bayon etilgan;
- uchinchi bobda nazorat qiluvchi organlar hamda nazorat qilinuvchi shaxslar huquq va majburiyatlari, nazorat tadbirlarida guvoh, ekspert, mutaxassis ishtiroki, ular huquq va majburiyatlari, nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi yoki davlat nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxs rad etilishi va uning o‘zini o‘zi rad etishi to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilmoqda;
- to‘rtinchi bobda nazorat tadbirlarini o‘tkazish asoslari, nazorat tadbirlarini o‘tkazishga qo‘yiladigan umumiy talablar, nazorat tadbirlari turlari, davlat nazoratini hisobga olish va turkumlashga oid qoidalar belgilanmoqda;
- beshinchi bobda nazorat tadbirlari natijalari va ular ijro etilishi, nazorat tadbirini o‘tkazgan nazorat qiluvchi organ va uning mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tartibi to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilmoqda;
- oltinchi bobda davlat nazorati sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish, davlat nazorati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, nizolarni hal etish to‘g‘risidagi qoidalar aks ettirilgan.
Qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida quyidagi natijalarga erishilishi kutilmoqda:
- davlat nazorati faoliyatini tashkil etish aniq huquqiy asoslarini belgilash;
- davlat nazorati faoliyati asosiy tamoyillarini qonunchilik bilan tartibga solish;
- davlat nazorati turlarini tizimlashtirish va ularni amalga oshirish mexanizm va tartib-taomillarini belgilash;
- nazorat tadbirlari natijalari va ular ijro etilishi, nazorat qiluvchi organ qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tartibini belgilash;
- davlat nazorati tadbirlari yagona hisobini yuritish tizimini yaratish;
- “davlat nazorati” va “davlat tekshiruvi” so‘zlarini bir xil qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida qonunchilikda “nadzor” so‘zidan to‘liq voz kechish orqali faqat “kontrol” so‘zidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Xitoy poytaxtida kuchli yomg‘ir oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 13:55
-
Turkiyada O‘zbekiston madaniyati elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 13:42
-
Putin uchun yangi dedlayn, ChatGPT rahbarining xavotirlari va Nyu-York markazida otishma – kun dayjesti
Jahon | 13:40
Mavzuga oid

11:04 / 28.07.2025
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

15:00 / 16.07.2025
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025