Minskning Moskva oldidagi qarzi yil davomida 1,9 foizga oshib, 8,5 milliard dollarga yetdi. Bangladesh 4,4 milliard dollar qarz bilan ikkinchi o‘rinda turibdi, bu o‘tgan yilgidan deyarli uchdan bir baravar ko‘p. Uchinchi o‘rinda Hindiston – uning qarzi 11,7 foizga oshib, 3,3 milliard dollarga yetdi, deb yozadi RIA «Novosti».
Vetnam keyingi o‘rindan joy oldi. Ushbu davlat o‘z qarzini yil davomida atigi 0,9 foizga oshirib, 1,5 milliardga yetkazdi. Yaman beshinchi o‘ringa ko‘tarildi (1,17 milliard), Afg‘oniston esa 1,16 milliard bilan oltinchi o‘rinda.
O‘zbekistonning qarzi o‘tgan yil davomida eng ko‘p o‘sdi – birdaniga 77 foizga ortib, 254,7 million dollarni tashkil etdi.
Misrning qarzi 63,7 foizga oshib, 867,2 million dollarga, Pokistonniki esa 20,8 foizga oshib, 86,7 million dollarga yetdi.
Umuman olganda, 2021 yilgi holatga ko‘ra 38 davlat Rossiyadan qarzdor bo‘lgan.