Buxoroda to‘y kortejida yuk mashinalari qatnashdi
Guruh bo‘lib harakatlangan va yo‘lni to‘sib qo‘ygan yuk mashinalari jarima maydoniga joylashtirilgan, haydovchilarga esa ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Videodan kadr
Buxoro viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, asli romitanlik bo‘lgan aka-uka haydovchilar kenja ukasining to‘yini esda qolarli qilish uchun yuk mashinalari bilan to‘y kortejiga qo‘shilishgan. Aka-ukalarning bu harakati o‘zlari uchun qimmatga tushdi.
Ma’lum qilinishicha, haydovchilar Buxoro tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi M-37 yo‘lida guruh bo‘lib harakatlanishgan hamda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lni to‘sib qo‘yishgan. Haydovchilardan birining ta’kidlashicha, ular bu harakatlari noto‘g‘ri ekanligini bilishmagan.
Aka-uka haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, yuk mashinalari jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mavzuga oid

18:50 / 18.12.2023
Bayden kortejiga avtomobil urildi, AQSh prezidenti jabrlanmadi

10:13 / 05.08.2023
Urgutdagi to‘yda 42 kishi zaharlandi

15:25 / 26.05.2023
Germaniyada «begona» mashina Sholsning kortejiga suqilib kirib, aerodromga birga borgani aniqlandi

15:43 / 21.01.2023