Markaziy bank «Mir» kartasining mamlakatda ishlashi masalasini o‘rganadi 

Iqtisodiyot 23:52 / 13.12.2022 22947

Avvalroq, AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning «Mir» tizimini Qozog‘istonda ishlashiga qarshi emasligi haqida xabar berilgan edi. 

«Hozirda bu masala o‘rganilmoqda», — deb O‘zbekiston Markaziy banki vakili so‘zlarini keltirdi Praym. 

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Markaziy banki «Mir» kartalarini ishlashi bo‘yicha AQSh Moliya vazirligidan hech qanday hujjat yoki ma’lumot olmagan. 

Noyabr oyi boshida O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov jurnalistlarga mamlakat tijorat banklari «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishda xatarlarni ko‘rayotgani, hozircha ularni qabul qilishni qayta boshlash haqida gap yo‘qligini aytgandi. 

23 sentabrdan boshlab Uzcard yagona respublika protsessing markazi texnik sabablarga ko‘ra Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarini O‘zbekistonda, shu jumladan, kobeyjing kartalarini xorijda qabul qilishni to‘xtatdi. Biroq, Uzcard – Mir kobeyjing kartalari O‘zbekistonda odatdagidek ishlayapti. 

AQSh Moliya vazirligi «Mir» to‘lov tizimi bilan ishlaganligi uchun sanksiyalar qo‘llashga tayyorligini e’lon qilganidan so‘ng, Turkiya, Vetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston kabi ko‘plab mamlakatlarda Rossiya kartalaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: