Toshkent viloyatida yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi

Jamiyat 09:03 / 11.12.2022 19486

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida ikki nafar fuqaro dala hovlida yashirin narkolaboratoriya tashkil etib, «Mefedron» sintetik narkotik moddasini tayyorlab, sotish bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi. UzA agentligi xabar berishicha, bu holat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va tuman bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda olib borilgan tekshiruvlar natijasida aniqlangan.

Dala hovlida 1 kg 12 gr «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi, kimyoviy suyuqliklar va boshqa zarur uskunalar borligi aniqlandi. Shuningdek, bu shaxslarning biriga tegishli «kafe»da 18 gr «opiy», 33 gr «gashish» va 2 gr «Mefedron» narkotik moddalari topildi.

Ushbu shaxslar Telegram messenjeri orqali mijoz topib, narkotik moddalarni xufiya joylarga yashirib ketish orqali sotishgan.

Tadbir davomida 15 ta yashirin joyga sotish maqsadida 7 gr «Mefedron» va 8 gr «gashish» narkotik moddalari yashirilgani aniqlandi.

Qonunbuzarlar jinoiy harakatlariga farg‘onalik kimyogarni ham jalb etgan. Narkotiklarni xufiya joylarga joylashtirish bilan esa Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi shaxs shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: