Toshkentda Cobalt piyodalar yo‘lagidagi ona va bolani urib ketdi

Jamiyat 15:00 / 09.12.2022 31900

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Cobalt haydovchisi piyodalar yo‘lagidagi ona va bolani urib ketgan. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati mazkur YTH haqida ma’lumot berdi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, 3 dekabr kuni taxminan soat 17.00 larda, 1973 yilda tug‘ilgan V.I., davlat raqami 01 N 406 UB bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilni Zulfiyaxonim ko‘chasida boshqarib ketayotib, piyodalar: 1991 yilda tug‘ilgan Z.P. va uning farzandi 2016 yilda tug‘ilgan K.M.ni urib yuborgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Labo avtomobil piyodalar yo‘lagiga yetmasdan to‘xtagani, ammo uning ortidan kelayotgan Cobalt uni aylanib o‘tib, piyodalar ustiga yurganini ko‘rish mumkin. To‘qnashuv natijasida ona va bola bir necha metr masofaga uchib ketgan, mashina esa qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida ayol tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. «Gazete.uz» manbasi xabariga ko‘ra, bir hafta o‘tib ham u koma holatida qolmoqda. Uning qizi esa o‘sha kuni holati qoniqarli bo‘lgani uchun tibbiy ko‘rikdan keyin uyiga javob berilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: