Toshkent viloyatida YHXB xodimlariga 3 oydan beri maosh berilmayotgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi
Holat Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayev hamda YHXX boshlig‘i Olim Saidovlarning nazoratiga olingan.
Internetda Toshkent viloyati IIBB JXX YHXBning ayrim xodimlariga 3 oydan buyon oylik berilmayotgani haqida xabar tarqalgandi. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bunga munosabat bildirdi.
“Kechiktirilgan maoshlar bugunning o‘zida xodimlarga to‘lab berilishi ta’minlanadi. Shuningdek, oylik maosh to‘lanishi bo‘yicha vazifalarni bajaruvchi xodimlar tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur holat shaxsan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayev hamda YHXX boshlig‘i Olim Saidovlarning nazoratiga olindi.
Avvalroq «Milliy tiklanish» gazetasi xodimlariga qariyb uch oydan buyon maosh berilmayapti, TrailBlazer’da yuradigan nashr bosh muharriri turli bahonalar bilan xodimlarning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirib kelayotgani haqida xabar berilgandi.
Andijon viloyatining bir qator tumanlarida o‘qituvchilarning oyliklari kechiktirilayotgani, maoshlar kechikishiga tegishli dasturlarga kiritilgan hisobraqamlaridagi o‘zgarishlar va aniqlangan moliyaviy kamchiliklar sabab bo‘layotgani aytilgandi.
Mavzuga oid

10:06
Yangiyo‘lda ikki fuqaro 52 ta kaptarni nobud qildi

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

18:41 / 22.02.2025
Toshkent viloyatida yirik miqdordagi firibgarlikni sodir qilgan shaxs qamaldi

11:42 / 21.02.2025