O‘zbekiston | 18:07 / 05.12.2022
25530
2 daqiqa o‘qiladi

«Kamaz»ni lizingga olgandik» – Qoraqalpog‘istonda yoqib yuborilgan yuk mashina egasi yetkazilgan zararni undirib berishni so‘radi

Buxoro viloyati sudida ko‘rilayotgan Nukus voqealari bo‘yicha bugun fuqaroviy da’vogar hamda jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglandi. Xususan, fuqaroviy da’vogar – farg‘onalik shaxs Nukus voqealarida unga tegishli bo‘lgan yuk mashinasi yoqib yuborilgani  hamda katta miqdorda zarar ko‘rganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Buxoro viloyati sudida Nukus voqealari bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan sud ishi davom ettirildi. Sud ishida jabrlanuvchilar hamda fuqaroviy da’vogar tinglandi.

Fuqaroviy da’vogarga ko‘ra, u lizing asosida Kamaz yuk mashinasini xarid qilgan hamda Qoraqalpog‘istonda ishlayotgan bo‘lgan. Nukus voqealari sodir etilgan kuni haydovchi yuk mashinani texnik ko‘rikka olib borgan va qaytishda ko‘chada olomonga duch kelgan. Jarayonda mashina yoqib yuborilgan va haydovchiga tan jarohati yetkazilgan.

Da’vogarning ta’kidlashicha, mashinaning tannarxi 652 mln so‘m. Ammo u lizingga olingan. Shu sababli yetkazilgan umumiy zarar miqdori 966 mln so‘mni tashkil qilmoqda. U suddan mazkur zararni undirib berishni so‘radi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Shuningdek, sudda jabrlanuvchilarning ham ko‘rsatmalari tinglandi.

Oldinroq sud ishini jonli efirda uzatish vaqtincha to‘xtatilgani, guvohlar va jabrlanuvchilar bir-birlarining ko‘rsatmalarini eshitib qolmasligi uchun prokuror JPK 432-moddasiga muvofiq efirni to‘xtatishni so‘ragani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid