Yaponiya Andijonda uchta loyihani amalga oshirishni rejalashtiryapti

O‘zbekiston 11:20 / 03.12.2022 5627

Safar davomida Yaponiyaning Mitsubishi, Dell kabi 50 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida «Andijon viloyati biznes salohiyati» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Andijon viloyati sarmoyaviy imkoniyatlari, resurs bazasi taqdim etilib, yapon ishbilarmon doiralari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.Safar doirasida vazirlik va idoralar, ta’lim muassasalari hamda Yaponiya yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi. 

«Simidzu Korporeyshn» bilan «Yangi Andijon»da qurilish loyihalarini, Ripro korporatsiyasi bilan sun’iy tola ishlab chiqarish bo‘yicha 10 million dollarlik investitsiya loyihasini, Kaori International Japan Co., LTD. kompaniyasi rahbariyati bilan plastikdan elektr izolyatsiyasi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 5 million dollarlik sarmoyaviy loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: