Xerson Rossiya raketa hujumlaridan keyin "svetsiz" qoldi

Jahon 08:53 / 03.12.2022 9583

Xerson viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Yaroslav Yanushevichning Telegram-kanaliga ko‘ra, zarbalar paytida elektr tarmoqlari shikastlangan, shahar yana elektr ta’minotisiz qolgan.

Bundan oldin Ukrainada 6 millionga yaqin abonent elektr energiyasiz qolayotgani aytilgandi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi. 

Uning taqdim etgan ma’lumotlarida yozilishicha, Ukraina hududida elektr ta’minoti bilan bog‘liq eng qiyin vaziyat yettita mintaqada kuzatilyapti. 

«Poytaxt Kiyev shahrida, shuningdek, Kiyev, Vinnitsa, Lvov, Odessa, Xmelnitskiy va Cherkassk viloyatlarida vaziyat juda og‘irligicha qolmoqda», — dedi u. 

Avvalroq AQSh hukumati Rossiyaning yirik raketa zarbalari oqibatida shikastlangan energetika tizimini tiklash uchun Ukrainaga 53 million dollar ajratgandi. Mablag‘lar tarmoqni tiklash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni sotib olishga sarflanishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: