Ukraina neft narxi chegarasini ikki baravar pasaytirishga chaqirdi

Jahon 16:57 / 03.12.2022 5785

Ukraina rasmiylarining fikriga ko‘ra, Rossiya nefti uchun Yevropa Ittifoqi, G7 davlatlari va Avstraliya tomonidan bir barrel uchun 60 dollar qilib belgilangan narx chegarasi juda yuqori

Rossiya Federatsiyasining «iqtisodiyotini tezroq yo‘q qilish» uchun uni bir barrel uchun 30 dollargacha kamaytirish kerak edi, deb ma’lum qildi Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak. 

«Biz har doim maqsadimizga erishamiz va Rossiya iqtisodiyoti baribir vayron bo‘ladi, Rossiyaning o‘zi esa barcha jinoyatlar uchun narx to‘laydi va javobgar bo‘ladi. Tribunal bilan ham shunday bo‘ladi. Ular bundan juda qo‘rqishyapti, chunki Ukraina buni amalga oshirishini bilishadi, Ukraina o‘z maqsadiga erishadi», deb yozdi u Telegram-kanalida.

Bundan oldin Financial Times Rossiya g‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib, Hindiston, Xitoy va Turkiyaga neft tashish uchun 2022 yilda sotib olingan 100 dan ortiq eski tankerlardan iborat «soyadagi flot»ni shakllantirayotgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi.

Braemar yuk tashish brokeri ma’lumotlariga ko‘ra, neft tashishda asosan xorijiy kemalarga tayanadigan Moskva o‘zining tankerlar flotini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita xaridlar orqali 100 dan ortiq kemaga ko‘paytirdi. Rossiya bilan bog‘langan operatorlar har biri 2 million barreldan ortiq neftni tashishga qodir bo‘lgan 29 tagacha VLCC supertankerlarini sotib olgan. Shuningdek, har biri 1 million barrelga yaqin yuk tashishga qodir 31 ta Suezmax tankeri va har biri 700 000 barrelga yaqin yuk tashish imkoniyatiga ega 49 ta Aframax tankeri xarid qilingani aytiladi. 

Rystad energetika konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Eron va Venesuelaga xizmat ko‘rsatadigan kemalarni sotib olish va qayta taqsimlash orqali 103 ta tankerga ega bo‘ldi. 

Ko‘proq yangiliklar: