Qamalda qolgan Baxmut, frontga borgan Sobyanin. Urush suratlari

Jahon 16:53 / 03.12.2022 23762

Ukrainada urushning 282-kunidan asosiy ma’lumotlar

  • Germaniya Ukrainaga yana 7 ta «Gepard» zenit qurilmalarini yuboradi va ular uchun snaryadlar ham topishga harakat qiladi.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati Moskva patriarxiyasining Ukraina provaslav cherkoviga qarashli bo‘lgan mamlakatning uchta oblastida joylashgan monastir va ibodatxonalarida «kontrrazvedka tekshiruvlari» o‘tkazilishini e’lon qildi.
  • Putin va Shols telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qilishdi. Shols rossiyaliklarning fuqarolik infratuzilmalariga aviazarbalarini qoralagan hamda Germaniya Ukrainaning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish uchun yordam ko‘rsatishda davom etishini bildirgan. Putin Vashington Ukraina hududlari annexiasini tan olgan taqdirda muzokaralar stoliga o‘tirishini aytgan.
  • «Dojd» telekanali teleboshlovchi Aleksey Korostelevni ishdan bo‘shatdi. Jurnalist jonli efir vaqtida tomoshabinlarni safarbarlik vaqtidagi qonunbuzilishlari haqida yozishga chaqirgan va telekanal frontdagi rossiyalik harbiylarga yordam ko‘rsatishi mumkinligini aytgan. Keyinroq u efir vaqti yanglishib ketganini ma’lum qildi.
  • Primore o‘lkasidagi o‘quv parvozi vaqtida rossiyaliklarning MiG-31 qiruvchisi quladi, ekipaj katapulta bo‘lishga ulgurgan, bu hodisa quruqlikda vayrongarchiliklarga olib kelmagan. Rossiya mudofaa vazirligi avariyaga texnik nosozlik sabab bo‘lganini aytdi. Bu urush boshidan buyon texnik nosozlik tufayli qulagan to‘qqizinchi qiruvchi samolyotdir.
  • Rossiyalik gubernatorlar yangi yil korporativlaridan voz kechishmoqda, ular buning uchun mo‘ljallangan mablag‘larni safarbar qilingan askarlar uchun o‘tkazib berishni istashmoqda.

Quyida 2 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Chuguyiv o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Xarkiv oblasti Chuguyiv shahrida raketa tushgan uyning ko‘rinishi. Ukraina qurolli kuchlari mart oyidayoq ozod etgan shahar atrofida butun bahor davomida va yozda janglar davom etdi, shahar muntazam ravishda rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutildi
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmutdagi ukrainalik qutqaruvchilar

Ukrainalik qutqaruvchilar Rossiya qo‘shini qamal qilayotgan Baxmut aholisiga tarqatish uchun gumanitar yordam olmoqda
Diego Herrera Carcedo / An​adolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutdagi qutqaruvchilar shahar aholisiga olib borish uchun sisternaga suv to‘ldirmoqda. Urushga qadar 70 mingdan ortiq kishi yashagan Baxmutda elektr va ichimlik suvi yo‘q, ko‘plab uylar artilleriya zarbalaridan vayron bo‘lgan.
Diego Herrera Carcedo / An​adolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Qutqaruvchi va Baxmutda uyi isitish uchun foydalanilgan gulxandan yonib ketgan kishi. «Vagner» guruhi bir necha oydan buyon shaharga hujum qilmoqda, shaharda bir necha yuz kishigina qolgan.
Diego Herrera Carcedo / An​adolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donbassdagi harbiy shifokorlar

Ukrainalik harbiy shifokorlar Baxmutdagi dala hospitalida yarador askarga yordam ko‘rsatishmoqda. Shaharda bo‘lib turgan g‘arblik jurnalistlarga ko‘ra, «Vagner» guruhining navbatdagi hujumlari Ukraina qurolli kuchlari yo‘qotishlarini oshirgan
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutdagi tibbiyot xodimlari dala hospitalidagi yagona tok manbayi bo‘lgan elektr generator ishlamay qolganiga qaramay yaradorlarga yordam ko‘rsatishda davom etishmoqda
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Garajda yashashga majbur bo‘layotgan irpinlik

Irpindagi Oleksandr yashovchi garaj. Uning uyi mart oyida Kiyev atrofida kechgan janglar chog‘ida vayron bo‘lgan
Jeff J Mitchell / Getty Images
Oleksandr Irpindagi vayron bo‘lgan uyi yaqinida quduqdan suv olmoqda
Jeff J Mitchell / Getty Images

Donetsk bo‘ylab zarba berilishi 

Anneksiya qilingan «DXR»dagi dafn marosimlari idorasi xodimlari Donetsk artilleriyadan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan kishi jasadini olib ketishmoqda
Valentin Sprinchak / TASS
Donetsk artilleriyadan o‘qqa tutilishidan keyingi vayrongarchilik. Shahar atrofida, ukrain artilleriyasi joylashgan pozitsiyalarda hamon og‘ir janglar davom etmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Moskva meri «mudofaa chizig‘i»da 

Moskva meri Sergey Sobyanin annexia qilingan «LXR» hududidagi safarbar qilinganlar bazasiga bordi. Sobyanin poytaxt hokimiyati harbiylarga «chegara istehkomlarni jihozlash»ga yordam berishini va’da qildi. Urush boshidan buyon u faqat bir marta — iyun oyi boshida — Ukrainaning bosib olingan hududiga borgandi va shu vaqtgacha urushdan masofa saqlashga harakat qilib kelayotgandi
Mer va Moskva hokimligi matbuot xizmati / TASS
Ko‘proq yangiliklar: