O‘zbekiston Madaniy meros kodeksi loyihasi e’lon qilindi

O‘zbekiston 12:18 / 03.12.2022 5775

O‘zbekiston Respublikasining Madaniy meros kodeksi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Kodeks maqsadi madaniy meros sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Madaniy meros sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

  • madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish va uni kelajak avlodga yetkazish;
  • madaniy merosdan oqilona foydalanish;
  • madaniy merosni ommalashtirish, targ‘ib etish va ta’lim tizimiga tatbiq etish;
  • aholi madaniy meros borasidagi xabardorligini oshirish;
  • madaniy meros ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etishni tashkil etish va bu sohadagi faoliyatni ilmiy asosda olib borish;
  • madaniy meros muhofazasida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
  • madaniy meros yer yuzida barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilishini e’tirof etish;
  • madaniy meros sohasida oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash.

Madaniy meros sohasidagi davlat siyosati asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish;
  • normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
  • madaniy merosni muhofaza qilish, asrash va undan oqilona foydalanish, ommalashtirish va targ‘ib etish;
  • ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va rivojlantirish;
  • kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish;
  • madaniy meros sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
  • ilg‘or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini rag‘batlantirish;
  • madaniy merosni muhofaza qilish maqsadida o‘z hududida mavjud bo‘lgan madaniy meros ro‘yxatlarini tuzish va muntazam ravishda yangilanib borilishini ta’minlash;
  • xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

Madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi, Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Madaniyat vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zarxiv” agentligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: