Nurafshonda Janubiy Koreya andozasidagi yangi shahar tumani barpo etiladi

O‘zbekiston 09:53 / 03.12.2022 5232

O‘zbekistonga amaliy safari doirasida «Koreya-O‘zbekiston» ishbilarmonlar assotsiatsiyasi (KUBA) raisi Kim Chang Keon, KUBAga a’zo bo‘lgan TDC Group (bosh direktor Chxve In Chang) va GS Energy (vitse-prezidenti Li Gong Guk) rahbarlari bilan birga Toshkent viloyatida bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Dunyo».

Tashrif davomida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar Nurafshonning Janubiy Koreya tipidagi yangi shahar tumanini tashkil etish va Yong‘in xavfsizligi mutaxassislarini tayyorlash o‘quv markazini qurish bo‘yicha hozirgi paytda faol amalga oshirilayotgan loyihalarni muhokama qildi.

Muzokaralarda loyiha konsorsiumiga rahbarlik qilayotgan va uning bosh rejasini tayyorlash ustida ish olib borayotgan TDC Group vakillari erishilgan natijalarni taqdim etdi va aniq takliflarni bildirdi. Tashabbuslar, loyihani oldinga siljitish keyingi jadvali muhokama qilindi.

Toshkent viloyati markazi - Nurafshon shahrida yangi shahar tumanini tashkil etish shaharni rivojlantirishning keng ko‘lamli g‘oyasi bo‘lib, unda Janubiy Koreya tipidagi turar joy majmualari, biznes markazi, kasalxona, universitet, Yong‘in xavfsizligi mutaxassislarini tayyorlash o‘quv markazi, 150 gektar maydonga ega biznes maydonchasi, markazdagi katta park atrofida xalqaro maktab va boshqa turdagi turar joy majmualarini qurish ko‘zda tutilgan. 

Ushbu maqsadlar uchun Janubiy Koreya yettita kompaniyasi qurilish kompaniyalari konsorsiumi tuzildi. Ular loyiha faol bosqichini boshlashga tayyor. Ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan 2021 yilda KUBA va Toshkent viloyati hokimiyati vakillari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi va shu yil sentabr oyida Toshkent viloyati hokimi Koreyaga safari chog‘ida biznes bitimi imzolangan.

Ayni paytda O‘zbekiston hukumatidan yer uchastkalaridan foydalanish va infratuzilmani ta’minlash uchun ruxsatnomalar olish kutilmoqda, shundan so‘ng loyiha faol bosqichiga o‘tish rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: