JCh-2022. Braziliya to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda 1-o‘rinni egalladi, Shveytsariya - pley-offga chiqqan so‘nggi jamoa

Sport 02:08 / 03.12.2022 29503

Jahon chempionatida guruh bosqichi bahslari yakunlandi. 

G guruhi so‘nggi turida muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini hal qilgan Braziliya (6, to‘plar nisbati: +2) Kamerunga (4) qarshi  bahsda ikkinchi tarkibini tushirdi va qo‘shib berilgan daqiqalarda darvozasidan to‘p olib chiqdi.

Shveytsariya (6, to‘plar nisbati: +1) esa gollarga boy o‘yinda Serbiyadan (1) ustun kelib, 1/8 finalga chiqqan so‘nggi jamoaga aylandi. 

Nimchorakfinalda Braziliya 5 dekabr kuni N guruhida 2-o‘rinni olgan Janubiy Koreya bilan o‘ynasa, Shveytsariya 6 dekabr sanasida o‘sha guruh peshqadami Portugaliyaga qarshi maydonga chiqadi. 

JCh-2022. G guruhi
3-tur. 2 dekabr
Serbiya — Shveytsariya 2:3
Gollar:
Mitrovich (26), Vlahovich (35) — Shakiri (20), Embolo (44), Froyler (48).
Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich (Gudel, 55), Milenkovich, Pavlovich, Kostich, Milinkovich-Savich (Maksimovich, 67), Lukich, Jivkovich (Radonich, 78), Tadich (Jurichich, 78), Mitrovich, Vlaxovich (Yovich, 55).
Shveytsariya – Kobel, Vidmer, Sher, Akanji, Rodriges, Shakiri (Zakariyo, 69), Jaka, Froyler, Sou (Fernandesh, 68), Vargas (Fassnaxt, 83), Embolo (Okafor, 90+6).
Ogohlantirishlar: Vidmer (15), Vargas (34), Milinkovich-Savich (47), Pavlovich (56), Raykovich (66), Gudel (81), Mitrovich (82), Jaka (90+5), Milenkovich (90+5), Sher (90+9).

Kamerun — Braziliya 1:0
Gol:
Abubakar (90+2).
Kamerun – Epassi, Fe, Eboss, Vu, Tolo, Kunde (Ntcham, 68), Zambo-Angissa, Ngamale (Ngom-Mbekeli, 86), Shupo-Moting, Abubakar, Mbemo (Toko-Ekambi, 64).
Braziliya – Ederson, Alves, Militao, Bremer, Telles (Markinos, 54), Fred (Gimaraes, 55), Fabino, Jyezus (Pedro, 64), Rodrigo (Everton Ribeyro, 55), Martinelli, Antoni (Rafinya, 79).
Ogohlantirishlar: Tolo (6), Militao (7), Kunde (28), Fe (32), Abubakar (81), Gimaraes (85).
Chetlatish: Abubakar (90+3).

Shu tariqa 1/8 finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi:
3 dekabr
20:00. Niderlandiya – AQSh
00:00. Argentina – Avstraliya

4 dekabr
20:00. Fransiya — Polsha
00:00. Angliya – Senegal

5 dekabr
20:00. Yaponiya – Xorvatiya
00:00. Braziliya – Janubiy Koreya

6 dekabr
20:00. Marokash – Ispaniya
00:00. Portugaliya – Shveytsariya

Foto: RMC
Ko‘proq yangiliklar: