Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiya bilan bog‘liq diniy tashkilotlarni taqiqlashga rozi bo‘ldi
Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashida «Ukrainaning ayrim diniy doiralari va bosqinchi davlat o‘rtasidagi aloqalarning ko‘plab faktlari»ga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Foto: president.gov.ua
Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) Ukraina hukumatiga Oliy radaga mamlakatda diniy tashkilotlarning «Rossiyadagi ta’sir markazlari bilan bog‘liq» faoliyatining taqiqlanishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etishni topshirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 1 dekabr, payshanba kuni vatandoshlarga qilgan kechki murojaatida Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining o‘sha kuni bo‘lib o‘tgan «Ukraina va tajovuzkor davlatning alohida diniy doiralari o‘rtasidagi aloqalar ko‘plab faktlariga» bag‘ishlangan yig‘ilishi yakunlarini izohlar ekan, ma’lum qildi.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Etnosiyosat va vijdon erkinligi bo‘yicha davlat xizmatiga Ukraina pravoslav cherkovi (UPCh) boshqaruvi to‘g‘risidagi nizomni Moskva patriarxati bilan cherkov-kanonik aloqasi borligi va zarurat tug‘ilganda «qonunda nazarda tutilgan choralarni ko‘rish» uchun diniy ekspertizadan o‘tkazish topshirilgan.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, Kiyev-Pechersk milliy tarixiy-madaniy qo‘riqxonasi hududida joylashgan mulkdan diniy tashkilotlar foydalanishining qonuniy asoslari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni ta’minlashga qaror qilindi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi barcha organlarga Rossiya maxsus xizmatlarining Ukrainadagi diniy muhitdagi qo‘poruvchilik faoliyatini aniqlash va bunday harakatlarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish topshirildi, deyiladi Zelenskiyning kechki nutqida.
«Biz davlatimiz uchun mustaqillikning to‘laqonli bo‘lishini ta’minlaymiz. Xususan, ma’naviy mustaqillik. Biz hech qachon hech kimga Ukraina qalbi tubida imperiya qurishiga yo‘l qo‘ymaymiz», - dedi Ukraina prezidenti.
Shu bilan birga, u «ukrainaliklar va davlatning huquq va qonuniy manfaatlarini haqiqatda himoya qilish imkonini beradigan» Etnosiyosat va vijdon erkinligi bo‘yicha davlat xizmatini isloh qilishga va’da berdi.
Kecha, 1 dekabr kuni ertalab Ukraina Xavfsizlik xizmati ("SBU") Karpatortidagi UPCh MP Mukachevo yeparxiyasining Muqaddas Kirillo- Mefodiy ayollar monastiri hududida rossiyaparast materiallarni aniqlagani haqida xabar bergan edi.
Noyabr oyining oxirida "SBU" Pochayev diniy seminariyasi va Ukraina pravoslav cherkovining Ivano-Frankivsk yeparxiyasi hududida ham ko‘plab Ukrainaga qarshi materiallarni aniqladi. Xususan, ukrain xalqi va uning tili mavjudligini, shuningdek, Ukrainaning davlatchilik huquqini inkor etuvchi adabiyotlar topilgan.
23 noyabr kuni "SBU" xodimlari uchta pravoslav monastirida: Kiyev-Pechersk lavrasida, Koretskiy muqaddas Troitsk monastirida va Roven viloyatidagi Ukraina pravoslav cherkovining Sarnensko-Polessk yeparxiyasi binolarida tintuv o‘tkazdi. Ukraina maxsus xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlarning maqsadi «ibodatxonalardan "rus dunyosi" markazlari sifatida foydalanishning oldini olish» bo‘lgan.
Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan Ukraina pravoslav cherkoviga qarshi ish ochilishiga sabab ijtimoiy tarmoqlarda Kiyev-Pechersk lavrasida xizmatlardan birida rus tilidagi - «qo‘ng‘iroq Rossiya uzra suzib yuribdi, ona Rus uyg‘onyapti» so‘zlari bo‘lgan qo‘shiq qanday yangrayotgani tasvirlangan video bo‘ldi. Kiyev-Pechersk lavrasida voqea keyinchalik tashrif buyuruvchilarning o‘z xohishi bilan izohlandi. Shu bilan birga, xizmatni o‘tkazgan ruhoniy ishdan olib tashlandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:40
Zelenskiy Rossiya bilan keyingi muzokaralar shartlarini aytdi

07:52
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

21:34 / 10.07.2025