Xitoyda quyoshni kuzatish uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik radioteleskop qurildi

Jahon 21:55 / 02.12.2022 6916

Xitoyda quyoshni kuzatish uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik DSRT radioteleskopi qurilishi yakunlandi. 

Teleskop Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasi platosida joylashgan. U har birining diametri 6 metr bo‘lgan 313 ta antennadan iborat. Qurilmaning umumiy maydoni 1 km. 

Radioteleskopning asosiy kalibrlash antennasi aylananing markazidagi minora tepasiga o‘rnatilgan. Unda osmon jismlari 150-450 megagers chastotasi bilan nazorat qilinadi. 

Teleskop quyoshdagi chaqnashlar va radiatsiyani kuzatish uchun mo‘ljallangan. Bu o‘z navbatida, koinotdagi ob-havo o‘zgarishini aniqlash imkonini beradi va yerga yaqin radiusda uchadigan qurilmalarning ishdan chiqishi ehtimolini kamaytiradi. 

DSRT qurilishi 2021 yilda boshlangan edi. Uning antennalarini o‘rnatish shu yilning noyabr oyida yakunlandi. Eng yirik teleskop bilan ilmiy tadqiqotlar kelasi yilning yozida boshlanadi. Kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etilishi va’da qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: