O‘zbekiston Koreyadan ko‘ngilli o‘qituvchilarni jalb qilmoqchi

O‘zbekiston 09:42 / 02.12.2022 1630

Amaliy safar bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vitse-prezidenti Leye Yun Yong bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqot davomida mamlakat turli hududlarida KOICA loyihalarini rivojlantirish, hamkorlik sohalarini kengaytirish, Koreya Respublikasidan ko‘ngilli o‘qituvchilarni jalb qilish, bilimni baholash markazlarini ochish kabi masalalar muhokama qilindi.

Joriy yil 17 noyabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi  bilan birgalikda Kasb-hunarga o‘qitish sohasi loyihalari sarhisobi va rivojlanish usullari mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: