Norov: YeXHT doirasida qarama-qarshilikdan voz kechish va o‘zaro ayblovlarga o‘tib ketmaslik zarur

O‘zbekiston 13:21 / 02.12.2022 3718

Tadbirda YeXHT amaldagi raisi, bosh kotibi, parlament assambleyasi prezidenti, tashkilotga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov o‘z nutqida xavfsizlik va farovonlik yo‘lidagi umumiy maqsadlarga erishish uchun YeXHT doirasida qarama-qarshilikdan voz kechish va o‘zaro ayblovlarga o‘tib ketmaslik zarurligini ta’kidladi.

Tomonlar o‘rtasida ishonchli aloqalarni o‘rnatish uchun muloqot platformasini saqlab qolish zarurligi qayd etildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ta’kidlashicha, davom etayotgan kelishmovchiliklar yoki mojarolarga qaramay, o‘zaro hurmat va tashkilot asosiy tamoyillariga sodiqlikni kuchaytirishga intilib, umumiy oqilona yechimlarni izlash zarur.

Vladimir Norov tashkilot faoliyatini takomillashtirish ayrim masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘tgan yili Stokholmda YeXHT vazirlar kengashi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganini yuqori baholadi.

«YeXHTni to‘laqonli tashkilotga aylantirish jarayonini yakunlash kerak. Nizom qabul qilish, ijro tuzilmasini to‘liq takomiliga yetkazish, tashkilot doirasida qarorlar qabul qilish shaffof va nazorat qilinadigan mexanizmini ishlab chiqish zarur», — dedi Vladimir Norov.

Ko‘proq yangiliklar: