Holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumanining Qorako‘lcha mahallasi, Qorako‘lcha qishlog‘ida yashovchi Q.X va uning voyaga yetmagan farzandi D.Q.ning murdasi 30 noyabr kuni soat 09:00 larda, ular yashagan uyning xonasida topilgan. Jasadlarda tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlari bo‘lmagan.
Tuman sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasining 30.11.2022 yilgi dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Q.X va qizining o‘limi noma’lum etiologikdan zaharlanish natijasida kelib chiqqani ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 13-15 noyabr kunlari Xorazm va Jizzax viloyatlarida besh kishi is gazidan zaharlanib halok bo‘lgan edi.
20 noyabrda Qarshi shahrida 17 yoshli abituriyent qiz, 24 noyabrda Farg‘ona viloyatida uch kunlik kelin-kuyov is gazi qurboni bo‘ldi.