“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika eng janubiy qismi ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 0-5 daraja iliq, shimolda 2-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.
Sovuq antitsiklon ta’siri dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 10-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.
Respublika barcha hududlarida kuchsiz shamol bilan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.