Bayden va Makron: NATO yadro arsenali tinchlikni saqlash va tajovuzning oldini olish uchun zarur

Jahon 00:10 / 02.12.2022 6772

AQSh va Fransiya prezidentlari Jo Bayden va Emmanuel Makron Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha «tinchlikni saqlash» uchun NATO davlatlarining yadro arsenaliga ehtiyoj borligini aytdi.

Yadroviy tiyib turish ikki davlatning «milliy xavfsizligi» uchun zarur, dedi ular va hamon «NATO tashkilotining tiyib turish va mudofaa qobiliyati asosiy komponenti» bo‘lib qolmoqda. 

Davlat rahbarlari NATO yadroviy salohiyatining asosiy maqsadi «tinchlikni saqlash, bo‘ysunishning oldini olish va tajovuzni tiyib turish» ekanini qayd etdi.

Hozirgi vaqtda Fransiya to‘rtta yadro suvosti kemasida joylashtirilgan 300 ga yaqin strategik jangovar kallaklar, shuningdek, aviatsiya bazalarida saqlanayotgan 60 ta taktik jangovar kallaklarga ega. Bu davlat yadroviy qurollar soni bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi. Qo‘shma Shtatlarda esa yadro kallaklari soni qariyb 3800 tani tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: