Ukrainada taxminan 6 million kishi «svetsiz» qoldi

Jahon 12:05 / 01.12.2022 6350

Uning taqdim etgan ma’lumotlarida yozilishicha, Ukraina hududida elektr ta’minoti bilan bog‘liq eng qiyin vaziyat yettita mintaqada kuzatilyapti

«Poytaxt Kiyev shahrida, shuningdek, Kiyev, Vinnitsa, Lvov, Odessa, Xmelnitskiy va Cherkassk viloyatlarida vaziyat juda og‘irligicha qolmoqda», — dedi u. 

Bundan oldin AQSh hukumati Rossiyaning yirik raketa zarbalari oqibatida shikastlangan energetika tizimini tiklash uchun Ukrainaga 53 million dollar ajratgandi. Mablag‘lar tarmoqni tiklash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni sotib olishga sarflanishi kerak.

AQSh Davlat departamenti xabariga ko‘ra, yordam paketi transport vositalari, transformatorlar, ajratgichlar, energiya sakrashidan himoya vositalari, avtomatik o‘chirgichlar va boshqa muhim jihozlarni o‘z ichiga oladi. Uskunalar imkon qadar tezroq Ukrainaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, Ukraina energetika sektorini favqulodda qo‘llab-quvvatlash uchun Qo‘shma Shtatlar 55 million dollar ajratgan edi.

Rossiya bir necha haftadan buyon Ukraina hududidagi energetika obektlariga raketa zarbalarini bermoqda. Oqibatda mamlakat hududida jiddiy energiya inqirozi yuz bergan. 29 noyabr kuni «Ukrenergo» mamlakatda elektr energiyasi taqchilligi 30 foizni tashkil etgani haqida xabar berdi.

Ko‘proq yangiliklar: