Turkiya Surxondaryo ziyoratgohlarini o‘z ichiga oluvchi tur-paketlar ishlab chiqadi

O‘zbekiston 07:37 / 01.12.2022 2743

Muzokaralar davomida Surxondaryo viloyatidagi ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida ma’lumot berildi. «Imom Abu Iso Muhammad At Termiziy», «Al-Hakim At-Termiziy», «Xo‘jamayxona» majmuasi, «So‘fi Olloyor», «Xo‘jaipok ota» hamda «Sulton Saodat» majmualarini o‘z ichiga oluvchi ziyorat turizmi yo‘nalishi imkoniyatlari taqdim etildi.

Surxondaryo viloyatidagi turizm firmalari bilan turk tomoni o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, viloyat sayyohlik salohiyati imkoniyatlariga oid ilmiy risolalar, videorolik va boshqa targ‘ibot materiallari tayyorlash hamda tarqatish masalalariga e’tibor qaratildi.

«Uchbey turizm» firmasi rahbari Xulusi Gulseren turkiyalik sayyohlar Samarqand va Buxorodagi muqaddas qadamjolar qatori Surxondaryodagi  ziyoratgohlarga ham katta qiziqish bildirishlarini ma’lum qildi. 

Buxorodagi «Yetti pir» manzilgohlari bilan birga Surxondaryodagi tasavvuf pirlari va shayxlari maqbaralariga ziyoratlarni o‘z ichiga oluvchi qo‘shma tur-paketlarni ishlab chiqish yaxshi natijalarni beradi, dedi Xulusi Gulseren. 

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasida Surxondaryodagi ziyorat turizmi obektlariga oid targ‘ibot materiallarini turk tilida tayyorlash va  salohiyatli ziyoratchilar o‘rtasida tarqatish, Turkiyadagi ko‘rgazmalarda viloyat vakillari ishtirokini ta’minlashga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: