O‘zbekiston va Fransiya ikki tomonlama diplom beruvchi ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston 12:24 / 01.12.2022 3639

Anjumanda oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasaci rahbarlaridan iborat mamlakat delegatsiyasi hamda Fransiya tomondan 150 nafardan ziyod rektorlar, ilmiy va ishlab chiqarish doiralari vakillari ishtirok etdi. Forum har yilgi an’anaviy «Campus France–2022 uchrashuvlari» doirasida o‘tmoqda.

Forumda Fransiya universitetlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, bir qator yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim va ikki tomonlama diplom beruvchi dasturlarni yo‘lga qo‘yish, fransuz mutaxassislarining O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli ma’ruza o‘qishi, seminarlar tashkil etish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashuvi, malaka oshirish, ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish borasida 10 ga yaqin anglashuv memorandumi, bitimlar hamda yo‘l xaritalari imzolandi.

Imzolangan hujjatlar asosan respublikadagi qator ta’lim maskanlarida «Xalqaro mehmonxona menejmenti» magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish, pedagogik kadrlar malakasini oshirish, tibbiyot sohasida simulyatsion ta’limni joriy etishga xizmat qiladi.

Muloqot yakunida Fransiya universitetlari bilan navbatdagi rektorlar forumini 2023 yilda O‘zbekistonda o‘tkazish taklifi bildirildi.

Ko‘proq yangiliklar: