Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazorda “uchastkavoy” oilaviy mojaro bo‘yicha chaqiruv vaqtida pichoqlangan
Profilaktika inspektori yarim tunda oilaviy mojaro yuzasidan chaqiruv joyiga yetib borganida, ayolning eri uni 2 marta pichoq urib o‘ldirgan. Avvalroq IIV boshqarma boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev Kun.uz bilan suhbatda ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatish va jarohat yetkazish holatlari yildan yilga ko‘payayotganini aytgandi.
Toshkent shahar Olmazor tumanida o‘ldirib ketilgan profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov oilaviy mojaro tufayli G‘alaba mahallasiga chaqirilgan. Chaqiruv bo‘yicha borgan IIB xodimi mashinada o‘tirgan vaqtda ayolning eri 2 marta pichoq urishi natijasida xodim vafot etgan.
Bu haqda bugun, 1 dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida IIV mas’uli, polkovnik Hamza Maxsumov ma’lum qildi.
Avvalroq, 30 noyabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi soat 00:50 larda o‘ldirib ketilgani xabar berilgan edi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida shu kuni N.Bobomurotovning hayotiga tajovuz qilgan erkak qo‘lga olindi. 30 yashar erkak chora ko‘rish uchun protsessual tartibda prokuratura organlariga topshirilgan.
Toshkent shahar prokuraturasi holat yuzasidan JKning 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Bundan bir yil oldin IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev Kun.uz'ga bergan intervyusida ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatish va jarohat yetkazish holatlari yildan yilga ko‘payayotganini aytgandi.
“Tungi soat uchda, hammamiz uxlayotgan vaqtda ichki ishlar idorasiga “Erim ichib kelib meni uryapti, yordam beringlar”, degan xabar tushadi. Endi ko‘z oldingizga keltiring. Vaqt allamahal, profilaktika inspektori shu xabar asosida aytilgan manzilga boradi. To‘g‘ri, uning tabel quroli bordir, dubinkasi bordir, kishani bordir. Lekin oldinda uni nima kutayotganini bilmaydi. Bizning xatomiz ham – shu.
Tungi vaqtda bunaqa chaqiruvlar juda ko‘p. Odatda chaqiruv kelib tushgan profilaktika inspektorlari yonida yoshroq yordamchisi bilan yoki sherigi bilan chaqiruv kelib tushgan xonadonning eshigini taqillatadi. Ko‘pincha bunday chaqiruvlarga boradigan xodimlar janjallashayotgan er-xotinni ajrataman-u qaytaman deb o‘ylashadi. Lekin ortiga qaytmagan xodimlarimiz bor. Nogiron bo‘lib qolganlari bor. Chunki ularni har doim ham bir xil holat kutib turmaydi. Pichoq yoki qurol bilan qurollangan zo‘ravonga duch kelib qolishlari ham mumkin. Lekin profilaktika inspektorlari shunday paytda qochib ketdi degan gapni biror marta eshitganmisiz?” degandi Baxtiyor Berdialiyev.
IIV rasmiysiga ko‘ra, ichki ishlar xodimlari 2018 yilda 146 marta, 2019 yilda 163 marta, 2020 yilda 186 marta, 2021 yilning 5 oyida 94 marta xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qarshilikka uchragan va hayot uchun xavfli jarohat olishgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

21:20 / 11.07.2025
Toshkentda savdo korxonasida yong‘in chiqdi

10:03 / 11.07.2025
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

14:47 / 07.07.2025
Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

14:10 / 04.07.2025