Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda Milliy gvardiya xodimining «Makarov» to‘pponchasini olib qo‘ygan shaxs sudda kechirim so‘radi
O‘z qilmishlariga qisman iqror bo‘lgan, hibsga olinguncha Qoraqalpog‘iston davlat universiteti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan 30 yoshli Razbek Bekmuratov qilmishidan pushaymonligini aytib, xalq va prezidentdan kechirim, suddan esa yengillik so‘radi.

Foto: Videodan kadr / Gazeta.uz
Buxoroda sudlanayotgan 22 nafar sudlanuvchining biri bo‘lgan Razbek Bekmuratov 2 iyul kuni Nukus shahri «Naupir» MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun safarbar qilingan Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilib, ularga tan-jarohat yetkazib, «Makarov» markali to‘pponchasini olib qo‘ygan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi binosida bo‘lib o‘tayotgan ochiq sud majlisida 1 dekabr kuni tushdan keyin Razbek Bekmuratov Nukusda tartibsizliklar ro‘y bergan kunlari bo‘lib o‘tgan voqealarni so‘zlab berdi.
Sud, prokuror va advokatlarning savollariga javob qaytarar ekan, jumladan, u ijtimoiy tarmoqlardagi videolarni ko‘rib, ta’sirlanib ko‘chaga noqonuniy namoyishga chiqqani, 5 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi oldida katta miting bo‘lishi haqidagi xabarlardan ko‘proq ta’sirlangani va qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.
Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilingani, jumladan, ulardan birining kiyimi majburlab yechtirilayotganda to‘pponchasi yerga tushib ketganini ko‘rib, o‘qotar qurolni egallab olganini tan oldi.
Hibsga olingunga qadar Qoraqalpog‘iston davlat universiteti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan 30 yoshli Razbek Bekmuratov avvalgi sud majlisida aybiga qisman iqror ekanini bildirgan edi.
Bugungi bo‘lib o‘tgan sud majlisida u ko‘zda yosh bilan qilgan ishidan pushaymon ekanini so‘zlab, prezidentdan, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlaridan kechirim so‘radi. Suddan jazo tayinlashda qaramog‘ida voyaga yetmagan yosh bolalari borligini inobatga olishni iltimos qildi.
Ma’lumot uchun, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi birinchi instansiya sudi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye.Abibullayev raisligida ko‘rib chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03
-
Arxeologlar «misli ko‘rilmagan» xazinani olib ketish vaqtida hujumga uchragan kema qoldiqlarini topdi
Jahon | 22:59
-
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi
Iqtisodiyot | 21:57
Mavzuga oid

15:23 / 26.12.2024
Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot berdi

23:22 / 05.09.2024
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan sud ishi boshlandi

21:24 / 05.08.2023
Nukus voqealarida noqonuniy xatti-harakat qilgan IIV xodimlari jazolandi

21:48 / 12.06.2023