Naqd valuta mablag‘larini olib kirish va olib chiqishning yangi qoidalari belgilanadi

O‘zbekiston 10:42 / 01.12.2022 22114

Vazirlar Mahkamasining “Hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 000 000 (yetmish million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi naqd valuta yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkazilishi tartibi belgilangan. 

Ushbu tartibga kiritilayotgan o‘zgartirishda deklaratsiyalash miqdorini 100 000 000 (yuz million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdorda etib belgilanmoqda.

Jismoniy shaxslar tomonidan deklaratsiya to‘ldirish talab etiladigan belgilangan summadan ortiq miqdordagi naqd valuta mablag‘lari deklaratsiyalanmagan holda taqdim etilganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklaratsiya to‘ldirish qoidalari tushuntirilishi tartibi joriy etilmoqda.

Bildirilishicha, loyiha qabul qilinishi orqali valuta olib kirish va olib chiqish bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinishi, tadbirkorlik sub’yektlariga qulayliklar yaratilishi hamda davlat budjeti mablag‘lari iqtisod qilinishi ta’minlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: