Misr O‘zbekiston uzumi va gilosi uchun mamlakat bozorini ochish jarayonini yakunladi

O‘zbekiston 08:10 / 01.12.2022 4875

Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi, o‘simliklar karantini, veterinariya, paxtachilik, urug‘chilik bo‘yicha ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish masalalarini muhokama qildi.

Misr tomoni O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum va gilos mahsulotlari uchun mamlakat bozorini ochish jarayonlari yakunlanganini ma’lum qildi. Tegishli ruxsatnoma O‘zbekiston tomoniga yaqin kunlarda taqdim etiladi. Anor, olma, olxo‘ri va boshqa mevalar texnik ma’lumotlari ko‘rib chiqilmoqda.

Yig‘ilishda paxtachilik, urug‘chilik va veterinariya yo‘nalishlarida O‘zbekiston hamda Misr mutaxassislari tajribasi e’tirof etildi. Tomonlar bilim va ko‘nikmalar almashuvini yo‘lga qo‘yish, tadqiqot va izlanishlar olib borish ikki davlat manfaatlariga xizmat qilishini tasdiqladi.

Tadbir natijasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Misr qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, treninglar, o‘quv kurslari, konferensiya va forumlar tashkil etishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: