JCh-2022. Marokash va Xorvatiya – nimchorakfinalda, Belgiya turnir bilan xayrlashdi

Sport 22:00 / 01.12.2022 13086

Xorvatiya – Belgiya o‘yinida hisob ochilmadi. Zaxiradan maydonga tushgan Lukaku hisobni ochish uchun bir qator vaziyatlarga ega bo‘lsa-da, bundan foydalana olmadi – 0:0.

Marokash esa 2-turdayoq yo‘llanmadan umidini uzgan Kanadaga qarshi saf tortib, g‘alabaga erishdi – 2:1.

Shu tariqa, Marokash 7 ochko bilan guruh g‘olibi sifatida, Xorvatiya esa 5 ochko bilan 2-o‘rinni egallab nimchorakfinalga yo‘llanma oldi. Belgiya 4 ochko bilan guruhda qoldi, Kanada esa turnirni ochkosiz yakunladi.

JCh-2022. F guruhi. 3-tur
Xorvatiya – Belgiya 0:0

Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich, Kovachich, Brozovich, Perishich, Kramarich (Pashalich, 64), Livaya (Petkovich, 64).
Belgiya – Kurtua, Mene (Azar, 87), Vertongen, Alderveyreld, Kastan, Dendonker (Tilemans, 72), Vitsel, de Bryuyne, Karrasko (Doku, 72), Mertens (Lukaku, 46), Trossard (Azar, 59).
Ogohlantirishlar: Dendonker (66).

Kanada – Marokash 1:2
Gollar: 0:1 – 4 Ziyosh, 0:2 – 23 An-Nosiri, 1:2 – 40, avtogol Agerd.
Kanada – Boryan, Jonston, Vitoriya, Miller, Adekugbe (Kone, 61), Osorio (Lareyya, 66), Key (Xatchinson, 60), Devis, Xoylett (Uozerspun, 76), Larin (Devid, 60), Byukenen.
Marokko – Bunu, Hakimi (Jabran, 85), Saiss, Agerd, Mazraui, Amrabat, Sobiri (Amalla, 65), Unai (El-Yamik, 77), Ziyosh (Amdalla, 76), Bufal (Abuxlol, 65), An-Nosiri.
Ogohlantirishlar: Xoylett (7), Osorio (27), Adekugbe (45), Vitoriya (84).

Ko‘proq yangiliklar: