Hindiston O‘zbekistondan gilos va uzum importi hajmini oshiradi

O‘zbekiston 11:46 / 01.12.2022 1543

2022 yil 28 noyabr kuni qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev Hindistonning Maxarashtra shtati marketing va to‘qimachilik bo‘yicha gubernator o‘rinbosari Anop Kumar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasida savdo aylanmasini oshirish masalalari, o‘zaro istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Muloqot yakuniga ko‘ra, O‘zbekistondan gilos, uzum kabi meva mahsulotlari eksport hajmini oshirish hamda Mumbay shahrida joylashgan paxtani qayta ishlovchi yirik klasterlarni mamlakat bozoriga taklif qilishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: