Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekiston 09:48 / 01.12.2022 4147

Transport vazirining “Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat prezidentning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga va “O‘zbekistonda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimini takomillashtirishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun 3-moddasiga asosan ishlab chiqilgan va qoidalar 78–bandidagi “nogironlar” degan so‘z “nogironligi bo‘lgan shaxs” degan so‘zlar bilan almashtirilmoqda. 

Shuningdek, loyiha O‘zbekistonning “Qurol to‘g‘risida”gi qonuni 5-moddasiga asosan ishlab chiqilgan va qoidalar 96-bandidagi “Shaxsiy qurol, ov va sport maqsadlariga mo‘ljallangan qurol” degan so‘zlar “Fuqaroviy qurol, xizmat quroli” degan so‘zlar bilan almashtirilmoqda.

Bildirilishicha, o‘zgarishlarni Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Uzbekistan Airways bilan kelishish zaruriyati bor.

Ko‘proq yangiliklar: