Xarkivga kelib tushgan raketa qoldiqlari, Donbass shimolidagi ukrain tankchilari. Urush suratlari

Jahon 16:50 / 30.11.2022 19891

Rossiya qo‘shini Baxmutga yurishni davom ettirmoqda — Donetsk oblastidagi bu shahar bugungi kunda harbiy harakatlarning eng qaynoq nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Ammo Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW) hisoblashicha, RF armiyasi hozirgi holatida Baxmutni egallay olmaydi. The Daily Beast nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Vagner» Markaziy Afrika Respublikasi qamoqxonalaridagi mahbuslarni yollay boshladi. Nashr manbalariga ko‘ra, yollanayotganlarning katta qismi isyonchilik harakatlarida ishtirok etgan va mamlakatdagi fuqarolik urushi yillarida tinch aholiga nisbatan o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘lgan. Nijniy Tagilda mahbuslar majburan «Uralvagonzavod»ga ishlashga yuborilmoqda — Rossiyadagi bu yirik zavodda zirhli tank texnikalari ishlab chiqariladi. Korxona ishchilari Rossiya qo‘shinlarining Ukrainada yo‘qotgan texnikalari o‘rnini to‘ldirishga ulgurmayapti.

Quyida 29 noyabr, urushning 279-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kun kadri. Xarkivga vayrongarchiliklar keltirgan raketa parchalari

Xarkiv keng ko‘lamli bosqinning ilk kunidanoq rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutila boshlangandi. Avgust oyi boshida shahar ma’muriyati Xarkiv va shahar atrofidagi aholi yashash manzillarida 1800 dan ortiq ko‘p qavatli binolar hamda 2000 ga yaqin infratuzilma obektlari vayron bo‘lganini xabar qildi. 11 sentabr kuni Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining shimoliy qismini tark etdi. Noyabr oyi boshida oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov RF qo‘shini kun davomida region hududini o‘qqa tutganini xabar qildi (keksa yoshli ikki ayol halok bo‘lib, tinch aholi vakillaridan yana olti kishi jabrlangan), uning so‘zlariga ko‘ra, shaharga so‘nggi raketa zarbalari 28 noyabr kuni amalga oshirildi (ikki kishi jabrlangan). Quyidagi suratda ukrain sapyorlari shaharga uchirilgan raketalar parchalarini bir joyga to‘plagan.

Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA

Qamaldan yarim yil keyingi Mariupol

Mariupol — bu urushning asosiy ramzlaridan biri — shahar ikki oyga yaqin vaqt davomida qamalda  bo‘lgan. Shahar uchun jang bosqinning ikkinchi kunidayoq boshlangan, 2 mart kuni esa Rossiya qo‘shini Mariupolni qurshab olgan va ko‘p o‘tmay shaharning katta qismini bosib olgan. Shundan keyin «Azovstal» metallurgiya kombinati qarshilik o‘chog‘iga aylangan, bu yerda, The Guardian nashrining 2 may kungi ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining 2000 nafarga yaqin jangchisi,  jumladan «Azov» polki jangchilari bor edi. «Azovstal»da ular bilan birga shaharning tinch aholisi vakillari ham yashiringandi — 1 may kuni, turli ma’lumotlarga ko‘ra, zavoddan 101 nafardan 156 nafargacha bo‘lgan kishi evakuatsiya qilingan, jumladan 20 nafar bola. 16 may kuni «Azovstal»dagi barcha ukrain harbiylari taslim bo‘lishdi. Sentyabr oyi oxirlariga kelib 215 kishi harbiy asirlar almashuvi doirasida qutqarildi. BMT baholariga ko‘ra, Mariupolda ko‘p qavatli turar joy binolarining 90 foiz qismi, xususiy uylarning 60 foizi vayron bo‘lgan yoki shikastlangan, shuningdek o‘nlab maktablar va bolalar bog‘chalari zarbaga uchragan. Quyida shahar qamaldan yarim yil o‘tib qanday ko‘rinishda ekani suratlarda. 

AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA

Baxmutdagi o‘t o‘chiruvchilar

Rossiya qo‘shini Donetsk oblastining Baxmut shahrini egallashga urinmoqda. Rossiyaliklar tomonidan muntazam ravishda o‘t ochilishi tufayli mahalliy o‘t o‘chiruvchilar doimiy ravishda raketa tushgan joylarga yo‘l olishiga to‘g‘ri kelmoqda. Quyida RF armiyasi hujumi davom etayotgan vaqtda shaharda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar.

Diego Herrera​ Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera​ Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera​ Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Faol harbiy harakatlar davom etayotgan Donbass shimolidagi ukrain tankchilari 

Yevhen Titov / AFP / Scanpix / LETA
Yevhen Titov / AFP / Scanpix / LETA
Yevhen Titov / AFP / Scanpix / LETA

Baxmutda front chizig‘idagi harbiy shifokorlar

Dastlabki ko‘ngillilar mobil hospitali (PDMSh) 2014 yildayoq, Maydandagi ommaviy namoyishlar ortidan tuzilgandi. Tashkilotga huquqshunos Gennadiy Druzenko asos solgan. O‘shanda ko‘ngilli vrachlar Donbassda jarohatlanganlarga qarashgan, bugungi kunda esa dunyoning turli mamlakatlariga mansub bo‘lgan 600 nafardan ortiq mutaxassisni o‘z ichiga oluvchi PDMSh mamlakatning turli nuqtalarida, xususan, Rossiya harbiylari egallab olish uchun qat’iy qilayotgan Baxmutda ham ukrain harbiylariga yordam ko‘rsatadi.

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda blekaut

 

Kiyevda elektr energiyasidan rejali o‘chirish vaqtida yonayotgan chiqindi qutisi, Rossiya 10 oktyabr kunidan Ukraina energetika tizimini yoppasiga o‘qqa tuta boshlagach, mamlakat hududi bo‘ylab rejali o‘chirshlar davom etmoqda. So‘nggi raketa zarbalari 23 noyabr kuni kuzatilgandi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

 

Ko‘proq yangiliklar: