Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston 14:21 / 30.11.2022 6410

30 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalarda faol muloqotlar davom etayotgani hamda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi ishlar kengayib borayotgani qayd etildi. Gumanitar almashinuv sohasida uchinchi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi samarali natijalari qayd etildi.

Ko‘p tomonlama formatdagi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi amaliy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: