Saudiyaning «An-Nasr» klubi Ronalduga 500 mln yevro va’da qildi 

Sport 21:43 / 30.11.2022 14087

Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko‘ra, shartnoma ikki yarim mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, 37 yoshli futbolchi yiliga 200 million yevro yoki umumiy hisobda 500 mln yevro oladi. Bu miqdorga ish haqidan tashqari reklama daromadlari ham kiradi. 

22 noyabr kuni Ronaldu Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bilan shartnomani o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilgan edi. Futbolchi «Manchester Yunayted» safida 3 karra Angliya chempioni, 2 karra Angliya Liga kubogi g‘olibi bo‘lgan.  

Shuningdek, Ronaldu «Real» va «Yuventus» sharafini himoya qilib, Ispaniya va Italiya chempioni, Chempionlar Ligasi g‘olibi, Portugaliya bilan Yevropa chempioni bo‘lgan.  

Portugaliyalik to‘purar hozirda Qatarda o‘tkazilayotgan jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U Gana milliy jamoasi darvozasiga gol urib, beshta jahon chempionatida darvozani ishg‘ol qilgan birinchi futbolchiga aylandi. 

Ko‘proq yangiliklar: